Özbekistonda “Yod tanqisligi kasalliklarining oldini oliş töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartişlar kuçga kirdi. Ularga köra, mamlakatda yodlanmagan oş tuzi işlab çiqariş va sotiş taqiqlandi.
Bunga qadar qonun işlab çiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan oş tuzini yodlaşni közda tutardi, ammo yodlangan tuzga tibbiy aks ta'sirga ega şaxslar uçun yodlanmagan oş tuzi işlab çiqarişga ruxsat berardi. Endilikda, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Nuriya Aytjanovaning sözlariga qaraganda, bunday me'yor amalda kerak bölmadi, negaki qonun amal qilgan 8 yil davomida respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiy markaziga bunday taşxisga ega birora bemor murojaat qilmadi, boşqa muassasalarda ham röyxatga olinmadi. Bundan taşqari, me'yor tuz işlab çiqaruvçilarga qonunni aylanib ötiş yöllarini qoldirayotgan edi.
“Özbekistonda yod tanqisligi ötkir muammolardan biri hisoblanadi. Bu ayniqsa ekologik fojia öçoqlarida közga taşlanadi. Endokrinologiya markazi statistikasiga qaraganda, respublika böyiça yod tanqisligining tarqalişi 40 foizni taşkil qiladi. Bu ayollarning aqliy holatiga, bolalar va ösmirlarning jismoniy va aqliy rivojlanişiga salbiy ta'sir ötkazadi, şu bois hukumat vaziyatni yaxşilaş uçun çora-tadbirlar körmoqda”, – ta'kidlab ötdi Ekoharakat vakili bölgan Aytjanova.

Yod tanqisligining oldini olişning samarador usullaridan bir yodlangan tuz iste'mol qilişdir. Yangilangan qonun kasalliklar sonini kamaytiriş, aholi soğliğini yaxşilaşga kömaklaşişi mumkin.
Bundan taşqari, tuzni saqlaş qoidalariga ham qat'iy amal qiliş lozimligi alohida qayd etib ötildi.