"Tolibon" jangarilari Afğoniston janubidagi Ğilmon provinsiyasidagi

nazorat-ötkaziş

 punktiga hujum qilişdi va 17 nafar politsiyaçini öldirib, 16 nafarini oğir jarohatlab ketişdi.

Al Jazeera

 telekanalida ma'lum qilinişiça, bu voqea Musaqal'a tumanida yuz

bergan

.

Aprel oyining oxirida "Tolibon" mamlakatda xorijliklar va davlat xavfsizlik xizmatlari xodimlariga nisbatan keng kölamda hujum boşlanişini e'lon qilgandi. Jangarilar bu harakatlar davomida tinç aholi vakillari öldirilişiga yöl qöyilmasligiga va'da bergan.