Microsoft kompaniyasi katta ekranga ega bölgan Surface Hub osma planşetini taqdim etib, uning narxini ma'lum qildi. Surface Hub ofisdagi majlislarda işlatiş uçun möljallangan.

Modellarning biri 1920x1080 pikselga ega 55 dyuymli, yana biri 84 dyuymli 4K-ekranga (3840x2160 piksel) ega. Qurilmalar bir vaqtning özida 100tagaça barmoq ta'siri va elektron qalamçalarning ta'sirini sezadi. Ikki kompyuter ham Intel Core i7 protsessorida işlaydi hamda ularga Wi-Fi, NFC simsiz aloqa, kamera va HDMI va USB porti bilan jihozlagan. Ular kompaniyalardagi kundalik vazifalarni bajariş uçun möljallangan Windows 10 platformasida işlaydi. Undan Skype orqali videomuloqot ötkaziş mumkin böladi.

Kiçik planşetning narxi 7 ming dollar , kattasi esa 20 ming dollarga baholangan.

Surface Hub 2015 yilning sentabr oyida sotuvga çiqariladi. Microsoft osma planşetlar uçun 1 iyuldan buyurtma olişni boşlaydi.