Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida dzyudo kuraşi böyiça Gran-Pri turkumiga kiruvçi yirik xalqaro turnirda 67 davlatdan kelgan jami 411 nafar dzyudo ustalari ğoliblik uçun tatamida bahslaşişdi.
Özbekistonda xizmat körsatgan sportçi Yahyo Imomov 81 kg vazn toifasida finalda ğalaba qozondi.
2014 yilgi Toşkent Gran-Prisi kumuş medali sovrindori, 2013 yilda Katta şlem turniri ğolibi bölgan Yahyo Imomov jami 51 sportçi iştirok vazn toifasida avvaliga Vengriya, Bolgariya hamda Germaniya vakillarini mağlub etib, yarim finalga yetib keldi. U final ostonasida rossiyalik Stanislav Semenovni 2 daqiqayu 45 sekund içida taslim etdi va finalga çiqdi. U finalda 2013 yili Rio de Janeyroda ötkazilgan jahon çempionatida uçinçi örinni egallagan fransiyalik Adam Smitni ham yengdi.
Şu tariqa, Vengriyadagi turnirda Özbekiston terma jamoasi 1 oltin va 1 bronza medal bilan sakkizinçi örinni egalladi. Özbekiston terma jamoasi a'zolarini mazkur Gran-Pri turniriga 12 nafar sportçi bilan yöl olgandi.






