2015 yilning dekabrida National Ceramics Özbekiston-Xitoy qöşma korxonasi Özbekiston hududida sirli sopol-granit va sopol plitkalar işlab çiqaruvçi zavodni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Angren maxsus industrial zonasi ma'muriyati vakillari ma'lum qildi.
Loyihaning qiymati 21.1 mln dollarni taşkil qiladi. Korxonaning loyihaviy quvvati yiliga 4.5 mln m kvadrat mahsulot işlab çiqarişga möljallangan.
Loyiha qöşma korxona muassislarining öz mablağlari hisobidan amalga oşirilmoqda. Şuningdek, Italiyaning SACMI korxonasi bilan yangi işlab çiqariş uçun asbob-uskunalar yetkazib beriş borasida şartnoma imzolandi.
National Ceramics’ning hammuassislari Xitoyning Gulf Cable (90 foiz) va bir qator özbekistonlik jismoniy şaxslardir (10 foiz). Bunga qadar korxona tomonidan Navoiy maxsus industrial zonasida Navoi Cable Connector korxonasini taşkil etgan bölib, ayni kunlarda u alyuminiydan va alyuminiy qotişmasidan elektrotexnik simlar işlab çiqariş böyiça 5.95 mln dollarlik loyihani amalga oşirmoqda.






