Ötgan safargi jahon çempionatini çetdan turib kuzatişga majbur bölgan futbol böyiça Özbekiston terma jamoasi vakillari bu galgi saralaş bosqiçi bahslarida ham u qadar kuçli bölmagan KXDR terma jamoasiga qarşi öynab, 4:2 hisobida mağlub böldi. Bu natija köpçilik özbek futbol işqibozlarini yana bir bor ranjitdi. Şu munosabat bilan Sizlarga özbek futboli haqidagi şe'rni taqdim etamiz.
SÖZ GOLI
(Terma jamoa hamda bazi şarhlovçilarga)
Bizning terma jamoamiz zör,
Terlab-pişib olingan terib,
Öynaşlarin körmadim men kör,
Jonlarini Jabborga berib.
Futbolçiga xoslik yöq qonda,
Biznikilar özlariça bek.
Raqib-la teng çopmas maydonda,
Oyoğiga toş osilgandek.
Şarhlovçilar qiynab jonimni,
Maqtaşar yutqazib tursa ham.
Maqtar yana içib qonimni,
Öz-öziga gollar ursa ham.
Ob-havoni tinç quymay takror,
Maydon çatoq, derlar ayozda.
Asli, bizning yigitlar şunqor,
Yuz gradus issiq, der yozda.
Yo hakamga otamiz kesak,
Yoki halal beradi safar.
Muhim öyinlarda yutqazsak,
Şartmas joyda quçamiz zafar.
Xaqdir hakam qilgan xulosa,
Foyda bermas, ming faryod qilgin.
Bitta goling hisoblamasa,
Uçta urib uni mot qilgin.
Der, umid bor hali ğam yema,
Kuçlilarni Yaratgan qöllar.
Beştalab gol urdik-ku dema,
Kimga kerak, keraksiz gollar.
Futbolçimiz degan har biyron,
El-yurt şa'nin öylasin endi.
Old Trafford kabi zör maydon,
Qurib berdik, öynasin endi.
Zör öynasa, yaxşi de, mayli,
Maqtab-maqtab mayli töy, zanğar.
Yutqazgan payt qilib çiroyli,
Aybini ham aytib qöy, zanğar.
Yoş-bolajon futbolçilarni,
Taniş-biliş maktab öldirdi.
Bu çalajon futbolçilarni,
Şarhlovçilar maqtab öldirdi.
Qolmoqdamiz mana şunça yil,
Mundialning yarim yölida.
Taqdirimiz negadir nuqul,
Özga termalarning qölida.
Köp yigitlar termaga mosmas,
Naf keltirmas içi böş terak.
Töp ortidan çoptirmasdan bas,
Ularga yer çoptiriş kerak.
Gaplarimdan gar ranjisa kim,
Nişon qilmay tursin toşlarga.
Maqsadim bir, aççiq sözlarim,
Zora ta'sir qilsa yoşlarga.
Ne qilardik, qilamiz toqat,
Tola bölar bir kun çigitlar.
Mundialga loyiqdir faqat,
Vatan hissin tuygan yigitlar.
BIR XIL MAYDON
Bolajonim, yuragimning örtasi çöğ,
Miltiqdaysan şiddating ham göyoki öq.
Lek menga ayt, nega özbek futbolining –
Dunyoni lol aylaguvçi Pelesi yöq?
Boya aytdim şiddatlaring şamoldan zör,
Böy-basting ham joy-joyida, emassan ğör.
Yo sen kuçli futbolçimas, yo bölmasa,
Sen zörsanu, men muxlisning manglayi şör.
Yo ğururing yuragingda gulday sölgan,
Yo hozirgi öyiningdan köngling tölgan.
Bilib qöygin sening bobong Sohibqiron,
Ronalduning bobosidan kuçli bölgan.
Xudoyimning işiga men qozimasman,
Ammo öta qaysar, öta injiq kasman.
Bir xil maydon, bir xil imkon, bir xil inson,
Messidan zör bölmasang gar, rozimasman.
Botirjon Ergaşev






