Qozoğistondagi Oqtov şahri aeroportida SCAT aviakompaniyasining Boeing-737 samolyotida öt çiqdi. Bu haqda Forbes.kz naşri xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Yonğinning sabablari aniqlanmoqda. Olov texnik xizmat körsatiş çoğida, yölovçilar va yuklar tuşirilganidan söng röy bergan.
Yonğin çiqişidan oldin yölovçilar portlaş ovozini eşitgan – bu kislorod ballonining yorilişi natijasi bölişi mumkin. Ballondan sizib çiqqan kislorod olov olib, samolyot qoplamasini teşib ötgan bölişi mumkin. Bunday holat ballonlar örnatiş qoidalarining buzilişi oqibatida kelib çiqişi mumkin.
Yonğin 80 m kvadratni qoplagan. Samolyot qayta tiklab bölmaydigan ahvolga kelgan.






