AQŞning Texas ştatiga Bill tropik böroni kelmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

“Kuçli şamollar va quyunlar bölişi ehtimoli bor. Hattoki me'yoridagi yoğingarçilik ham toşqinlarga olib kelişi mumkin. Katta ziyon yetkazişi hamda odamlar hayotiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan daryolar toşişi ehtimoli mavjud”, deb aytdi ştatning favqulodda vaziyatlar böyiça boşqaruvçisi.

Uning aytişiça, Bolivar Peninsula aholi punkti aholisi evakuatsiya qilinmoqda.

Avvalroq Chevron Corp. kompaniyasi kelayotgan böron tufayli Meksika körfazidagi platformasidan özining bir qism xodimlarini evakuatsiya qilgani ma'lum qilingandi.