17 iyun kuni Moskvada Poklonnaya goradagi yodgorlik masjidi binosi yonida keçki payt “Ramazon çodiri”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Ramazon oyi boşlanişi munosabati bilan musulmonlarning yirik xayriya va madaniy-ma'rifiy loyihasining oçilişida Rossiya prezidenti ma'muriyati, Moskva hokimiyati hamda an'anaviy dinlar vakillari iştirok etişdi.

“Ramazon çodiri” hamma uçun – musulmonlar uçun ham, musulmonlar bölmaganlar uçun ham oçilgan. Biz sizni har kuni mehmonda körişdan xursand bölamiz!”, deb yozdi Rossiya muftiylar kengaşi raisi Ravil Ğaynutdin “Ramazon çodiri”ga taşrif buyurgan barça mehmonlarga ulaşilgan “Rözador kundaligi” broşyurasida.

Ravil Ğaynutdin Ramazon oyida har qanday jangovor harakatlar, tartibsizlik, janjallar man qilinişi eslatib ötdi. “Bu kunlarda Tangriga qalbimizni oçib, özimizning eng yaxşi sifatlarimizni namoyon qilişimiz, ginalarni unutişimiz, muhtojlarga yordam berişimiz, jamoa holida iftorliklar ötkazişimiz, qarindoşlik riştalarini mustahkamlaşimiz, rahmdilroq bölişimiz lozim”, deb aytdi Ğaynutdin.

Moskva Musulmonlar diniy boşqarmasi rahbari, Moskva jome' masjidi imom xatibi Eldor Oloviddinov marosimga yiğilganlarni qarşilab, barçani “kunning yoruğ qismida nafaqat yegulik va içimlikdan qaytişga, balki ruhan boyiş va ma'naviy kamolotga erişişga intilişga” çaqirdi.