Oxirgi ma'lumotlarga köra Yer yuzidagi eng keksa yoşli odam bölib turgan Jyeralin Telli 116 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Assoşeyted Press naşri xabar bergan.

AQŞda yaşagan bu afroamerikalik ayol aprel oyida Gertruda Uiverning vafot etişidan keyin sayyoradagi eng keksa ayolga aylangandi.

U 19 asrda tuğilgan va hozirgaça yaşayotgan 3 kişining biri edi.

Endilikda 19 asrda tuğilgan va hozirgaça yaşayotgan yana 2 kişi qoldi. Ularning nisbatan kattaroği, amerikalik Syuzanna Muşatt Jons 6 iyul kuni 116 yoşga töladi. Yana bir italiyalik ayol Emma Morano-Martinutstsi ham 1899 yilda tuğilgan.