Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a'zo böliş huquqining tan olinişi talabi ustidan istehzoli kuldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” naşri.

“Bizga Yevropa Ittifoqiga a'zo bölişimizga va'da bermaguningizga qadar islohotlar ötkazmaymiz, deb aytiş öğri bir bankka kirib, özining çakkasiga töpponçani qöyib, “Menga pul bermasanglar, özimni otib taşlayman” deydigan qandaydir bir filmdagi sahnani eslatib yubordi”, deb aytdi Ilves Bratislavada bölib ötgan GLOBSEC xavfsizlik masalalariga bağişlangan anjumanda.

Estoniya prezidenti bunday yöl tutişni kurakda turmaydigan iş deb aytdi. “Agar sizni YeIga taklif qilişmasa, siz öz davlatingizni qulatişingizga va'da beriş – bu puç işdir”, deb qöşimça qilib ötdi Ilves.

Ilves YeI uzoq vaqt davomida Estoniyaning ham YeIga a'zo sifatida tan olişdan boş tortgani va bunga qaramay Estoniya YeIdan heç qanday va'dalar berilişini talab qilmaganini ta'kidlab ötdi.

“Bizlar heç qanday tan olişlarni talab qilmaganmiz, biz şunçaki işlab, islohotlarni amalga oşirganmiz”, deb aytmoqda Ilves.