Rossiya yaqin orada Şimoliy muz okeanidagi orollarda qiruvçi aviatsiya joylaştirişni rejalaştirmoqda. Hozirda u yerda yangi radialokatsion stansiyalar joylaştirilmoqda. Bu haqda Rossiya havo hujumiga qarşi havo-koinot mudofaasi qömondoni örinbosari Kirill Makarov ma'lum qildi.
“Biz Rossiya Arktikada öz kuçini oşirayotgani haqida gapirmoqdamiz. Qurolli kuçlar ham bu borada çetda qolmayapti. Bugungi kunda Şimoliy muz okeanidagi orollarda “Pantsir” zenita raketa-töp majmualari kabi yangi qurol vositalari, yangi radialokatsion stansiyalar joylaştirilmoqda, yaqinda qiruvçi aviatsiya olib kelinadi”, deb aytmoqda Makarov.






