Şanxay hamkorlik taşkiloti mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qömitasi delagatsiyasi Interpol işçi guruhi bilan uçraşuv ötkazdi. Uçraşuv Ispaniyaning Barselona şahrida bölib ötdi.
Tadbir davomida tomonlar xorijlik terrorçilarga qarşi kuraşiş masalalarini körib çiqişdi.
Aytilişiça, aksilterrorçilik strukturasi delegatsiyasining taşrifi Interpol boş kotibi Yurgen Ştokning taklifi bilan amalga oşirilgan.
Uçraşuv doirasida aksilterrorçilik strukturasi direktori Çjan Sinfen Interpol boş kotibining maxsus vakili bilan muzokaralar ötkazdi. Muloqot davomida xalqaro terrorçilik taşkilotlarining Yaqin Şarq va Örta Osiyodagi faoliyati, ularga qarşi kuraşiş masalalari muhokama qilindi.
ŞHT aksilterrorçilik strukturasi rahbari Interpol vakillari bilan uçraşdi
20:50 / 21.06.20152 8241 min






