Toşkentning Çilonzor tumanida 1990 yil tuğilgan, maşinalarni talon qiliş bilan şuğullanib kelgan Komil Safarov va Bahrom Suvonovlar qölga olindi.
Tuman prokuraturasi katta tergovçisi mayor Maqsuda Sultonova bergan ma'lumotga köra, ular Çilonzordagi “Afröz” töyxonasi oldiga VAZ 2101 maşinasida kelib, çekkaroqda turgan oq rangli Matiz maşinasining eşigini buzişgan va salonda turgan sumkani içidagi buyumlar bilan birgalikda öğirlib ketişgan. Maşina egasiga yetkazilgan umumiy ziyon deyarli 500 ming sömni taşkil qilgan.
Bir neça kundan söng döstlar Uçtepa tumanida qarovsiz qoldirilgan VAZ 2106 maşinasida ham xuddi şunday işlarni amalga oşirib, 230 ming sömlik qimmatliklarni öğirlaşgan.
Şu joyning özida turgan oq rangli Spark maşinasidagi sumkadan 170 ming söm naqd pul öğirlaşgan.
Jabrlanuvçilarning IIBga bergan arizalari asosida suriştiruv işlari olib borilib, ikki yoş talonçi tez orada qölga olindi.






