Olimlar Yaqin Şarq respirator sindromi koronavirusini yengişning usulini topişganini iddao qilmoqda. Uşbu yangilikning tafsilotlari The Journal of Biological Chemistry naşrida e'lon qilindi.

Aniqlanişiça, MERS virusining bölinişi va köpayişi uçun javob beradigan ferment boşqa koronaviruslarnikidan sezilarli darajada farqlanadi. Taxminlarga köra, aynan şu jihat virusning zaif tomonidir.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, ular ferment faolligini kesuvçi molekulani topişgan. Şu molekulaning özi kam konsentratsiyada bölsa, aksinça, virusning köpayişini yanada jadallaştirar ekan.

Olimlar bu boradagi tadqiqotlarini davom ettirib, yaqin orada virusning davosini topişga umid qilmoqda.