AQŞ koinot agentligi NASA marsoxoddan olingan, Marsda qadimiy sivilizatsiyalarga xos bölgan piramida körinişidagi inşoot suratini çop etdi.
The Daily Mirror naşrining xabar berişiça, suratlarda piramidani ideal ravişda takrorlovçi şakl tasvirlangan.
Olimlar bu piramida “qizil sayyorada” özga sayyoraliklar sivilizatsiyasi mavjudligining isboti bölişi mumkinligini ta'kidlaşmoqda.
Britan OAVlarining aytişiça, piramida körinişidagi sirli şakl avtomobil ölçami bilan barobar.
Fotosurat çop etilgandan keyin jamiyat qarama-qarşi fikr bildirayotgan ikki tomonga ajraldi: kimdir suratda piramida emas, balki toşdan tuşayotgan soya tasvirlangani, kimdir esa qadimiy inşoot aniq körinayotganini ta'kidlamoqda.
Olimlar, şuningdek, bu sirli şakl şamol yordamida hosil bölgan bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda.
Aytiş joizki, bu marsoxoddan olingan birinçi sirli fotosuratlar emas. Avvalroq qizil sayyorada portlaşdan keyin hosil böladigan qöziqorin körinişidagi bulutlar va işçi soyasi kabi tasvirlar qayd qilingan edi.






