Google qidiruv roboti AQŞning keyingi prezidenti Hillari Klinton böladi deb hisoblaydi. Bu haqda The Next Web xabar bermoqda.
Saytga ingliz tilida “Keyingi prezident kim böladi?” deb sörov kiritlganida, Hillari Klinton degan kartoçka javob tarzida çiqarilmoqda. Savol formulirovkasi özgartirilganida ham javob özgarmayapti.
Qidiruv algoritmi Huffington Post va The Blaze naşrlarida çop etilgan Hillari xonimning ğalabasi başorat qilingan maqolalar asosida şunday javobni çiqarib bermoqda.
Ilgariroq Microsoft’dagi Cortana ovozli yordamçisi 2014 yili Braziliyada bölib ötgan futbol böyiça jahon çempionatining har bir uçraşuvi natijalarini aniq başorat qilgani bilan şuhrat qozongan edi. final bosqiçidagi 16 uçraşuvdan 15tasining natijalari töğri başorat qilingan edi.






