Argentinalik futbolçi Karlos Teves “Yuventus”dan ketayotgani haqida rasmiy ma'lumotlar berilmaganiga qaramasdan, ba'zi futbolçilar va mutaxassislar öyinçi bilan xayrlaşmoqdalar va bundan afsusda ekanliklarini bildirmoqdalar.
Avvalroq “Yuventus” rahbariyati vakili Pavel Nedved Tevesning klubdan ketişi katta yöqotiş bölişini aytgan edi. Endi bölsa Teves bilan klub yarimhimoyaçisi Klaudio Markizio tvitter orqali xayrlaşmoqda.
“Omad tilab qolaman. Senga fantastik ikki yil uçun minnatdorman. Biz ğalabalar naşidasini ham, mağlubiyatlar alamini ham birga totdik. Sen men uçun doimo örnak bölib qolasan, çempion”, deb yozdi Markizio.
Karlos Teves yangi mavsumni Argentinaning “Boka Xuniors” klubida davom ettirişining katta ehtimoli mavjud.






