28 iyun kuni Los-Anjyeles şahrida "Eynşteynlar" fleşmobi ötkazildi. Bu tadbirda qatnaşgan yuzlab odamlar olimning qiyofasiga kirişdi. Albert Eynşteyndagi kabi möylov va parik taqqan kişilar köçalardan yurib ötişdi hamda Ginnes rekordini örnatişga harakat qilişdi. Bu haqda Mirror naşri xabar qilgan.

Bu taşabbusçilar bundan oldingi rekordni örnatişni maqsad qilişgandi. Avvalgi fleşmob şu yilning mart oyida Kaliforniya ştatidagi Berkli maktabi vakillari tomonidan uyuştirilgan va unda Black Pine Circle School maktabidan 319 "Eynşteyn" iştirok etgan.

Los-Anjyelesda bölib ötgan fleşmob iştirokçilaridan biri 81 yoşli Benni Vassermanning aytişiça, bu xayriya tadbiridan tuşgan mablağlar «School on Wheels» nomli bolalar uyi tarbiyalanuvçilari uçun sarflanadi.

Qayd etiş joizki, joriy yilda Eynşteynning "Nisbiylik nazariyasi" haqidagi maqolasi çop etilganiga 100 yil töladi. Uşbu fizik olim bu boradagi tadqiqotlari uçun 1921 yilda Nobel mukofotini qölga kiritgandi.