Hozirgi kunda Andijon viloyatida 181ta masjid faoliyat yuritayotgan bölib, ularning barçasida tarovih namozlari öqilyapti, 158ta masjidda xatmi Qur'on ötkazilmoqda. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasining Masjidlar bölimi xabar bergan.

Taqqoslaş uçun, Andijon viloyatida 1991 yilgaça atigi 8ta masjid faoliyat körsatgan bölib, ularning faqat 3tasida xatmi Qur'on ötkazilgan.

Özbekiston musulmonlari idorasining körsatmasiga muvofiq 15 kundan kam bölmagan muddatda ötkazilişi belgilab qöyildi. Şunga muvofiq, Andijon viloyatidagi 112 ta jome masjidida bir xil – 20 kunlik xatmi Qur'on ötkazilmoqda.