Qozoğiston va Özbekiston çegaraçilari yaqinda bölib ötgan voqea yuzasidan suriştiruv işlari olib bormoqda. Kazinform agentligining yozişiça, 28 iyun kuni davlat çegarasida qozoğiston fuqarosi Özbekiston çegaraçilari tomonidan otib taşlangan. Bu voqea ikki davlat vakillari tomonidan örganib çiqilmoqda.
Voqea Janubiy Qozoğistonning Sarioğoç tumani hududidagi çegara zonasida sodir bölgan. Şerigi bilan Sirdaryoga baliq oviga çiqqan Valixon Ahmedov suv çegarasini buzişda ayblangan, söng unga qarata ogohlantirişsiz öq otilgan. Uning şerigi Jyengis Bakişev eson-omon qirğoqqa qaytib kelgan.

Ma'lumotlarga köra, marhum Valixon Ahmedov 7 nafar farzandning otasi edi.