30 iyun kuni AQŞning Hewlett-Packard vendorida ötkazilayotgan keng miqyosli restrukturizatsiya tufayli server biznesi rahbari işdan böşatilgani ma'lum qilindi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotiga köra, yozda prezident örinbosari, HP Enterprise Group bölinmasi boş menejyeri, 47 yoşli Bill Vegte tark etadi. Iste'fo sabablari ma'lum qilinmagan. Şunçaki Vegte bundan buyon yangi loyihalar ustida işlaşi ta'kidlangan.
HP’ga kelişidan oldin (2010) Vegte Microsoft kompaniyasida rahbar lavozimlardan birini egallab turgan. U, jumladan, Windows 7 operatsion dasturini yaratiş böyiça mas'ul şaxslardan biri edi. HP’da u bir neça oy içida operatsion direktor lavomizini egalladi.
2013 yil avgustida Bill HP Enterprise bölinmasiga rahbarlik qila boşladi. 2015 yil 1 noyabrida HP Enterprise mustaqil kompaniyaga aylanadi.
2014 yil oktabridan buyon Bill Vegte restrukturizatsiya işlari bilan şuğullanib kelmoqda, şu bois bölinmani boşqariş böyiça köplab vakolatlar Antonio Neriga berilgan edi. Vegtening iste'fosidan söng Neri bölinmaning boş menejyeriga aylanadi.