OAVlarda Filippinda Kim Nirvana yölovçi paromi töntarilib ketgani ma'lum qilinmoqda. Bortida 173 nafar yölovçi bölgan kema Ormok şahridan Kamotes oroliga suzib ketayotganda ağdarilib ketgan.

“Frans Press” agentligi Manila sohilböyi qöriqlaş xizmatiga iqtibos keltirgan holda ayni paytda 36 kişi halok bölgani va kamida 19 kişi yaralangani haqida xabar bermoqda.

Falokat joyida qutqaruv operatsiyasi ötkazilmoqda. Suvga tuşib ketgan yölovçilarning köpçiligi töntarilib ketgan Kim Nirvana korpusiga tirmaşib, omon qolişga muvaffaq bölişgan.