«Özbeknavo» estrada birlaşmasi 3 nafar xonandaning litsenziyasini töxtatdi va 11 nafar xonandaga ogohlantiriş berdi. Bu haqda birlaşmaning matbuot xizmati xabar qilgan.
"Özbeknavo" estrada birlaşmasi xonandalar Sobirov Anvar Karimoviç, Rahmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Komila Rahmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va şartlarni buzganligi sababli, xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilişi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 1 iyuldan töxtatilganligini va ilovadagi xonandalarga ogohlantiriş berilganligini ma'lum qiladi", deyiladi xabarda.
Şuningdek, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Möminov Sobirjon Odiljonoviç, Farmanov Ilhomjon Şomamatoviç, Ismiyaminova Dilnoza Mirzatillayevna, "Nihol" mukofoti sovrindorlari Mirzajonov Yodgorbek Usmonaliyeviç, Otaboyeva Şahnoza Hasanovna, Ubaydullayev Doston Rustamoviç, Ortiqov Şerzodbek Şerbötayeviç, hamda xonandalar Usmonov Masrurjon Marubdjanoviç, Umirov Jasurbek Uvaydilloyeviç, Hamidova Hilola Jörayevna, Şamsiyev Umar Ahmedjonoviçga ogohlantiriş berilgan.
"Özbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajariş har bir xonanda va san'atkorning burçidir", deb qöşimça qilinadi «Özbeknavo» estrada birlaşmasi matbuot xizmatida.






