Beş kişi oçiq okeanda deyarli uç oy suzib yurganidan söng tirik topildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Iyul oyi oxirida 9 kişi qayiqda Mikroneziyadagi Murilo orolidan qöşni Ruo oroliga yöl olgan edi. Yöl taxminan bir soat vaqt olişi kerak edi, ammo qayiq böronga duç kelib, oçiq dengizga oqib ketgan. Qidiruv işlari bir neça hafta - 9-avgustgaça davom etdi, biroq natija bermadi.
1-noyabr kuni qayiqni Kiribati tarkibiga kiruvçi Fanning oroli aholisi payqab qoldi. Oqim uni bu vaqt içida taxminan 5,5 ming kilometr uzoqlikka olib ketgan. Qutqarilganlarga (ular orasida ikki nafar bola ham bor) mahalliy çerkov pastori boşpana berdi, şundan söng ularga tibbiy yordam körsatildi. Kiribatilik deputat ularni davolaş uçun imkon qadar tezroq eng yaqin yirik aholi maskani - Kiritimatiga olib ötişni tavsiya qildi.
Qolgan tört yölovçining taqdiri hozirça nomaʼlum. Mikroneziyalik siyosatçi Aleksandr Narrun qutqaruv işlarida qatnaşgan barçaga minnatdorçilik bildirdi va bedarak yöqolganlar haqiga duo qilişda davom etişayotganini maʼlum qildi. Şuningdek, u Mikroneziya prezidentidan omon qolganlarni vataniga qaytariş böyiça Kiribati hukumati bilan muzokaralarni boşlaşni söradi.
Qutqarilganlar şunça vaqt qanday jon saqlab qolişganini hozirça gapirib bermadi va şaxsiy hayotini hurmat qilişni söradi.












