Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan mamlakatdagi futbol klublarining fan klublari faollari va terma jamoa muxlislari bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvni taşkil qilişdan asosiy maqsad Özbekistondagi futbol işqibozlarini qiziqtirgan masalalar, ularning muaamolarini fan klublarning faollari orqali eşitişdan iborat böldi. Bundan taşqari terma jamoa öyinlaridagi muxlislik madaniyatining bugungi ahvoli ham uçraşuvning boş mavzusiga aylandi.

Tadbirda terma jamoalar biror şaxsning emas, xalqning jamoasi ekanligi, şu sababli ham jamoa futbolçilari xalqning daldasiga muhtoj ekanligi alohida ta'kidlandi.

“Mening vazifam işqibozlarning terma jamoaga bölgan işonçini qaytariş, xalq va federatsiya rahbariyatining işonçini oqlaş”, - deydi Babayan. “Ammo, bir kişi - heç kim. Menga bunda sizlarning yordamlaringiz kerak böladi”.

“Örganişning keçi yöq. Örganişdan tortinmayman. Murabbiylar, futbolçilar, jurnalistlar, muxlislarni eşitaman, ulardan örganaman”, - dedi Samvel Babayan.

Babayanning fikriça, “Özbekistonda futbolning keyingi rivoji terma jamoalarning xalqaro musobaqalardagi iştirokiga boğliq”. 

“Men uçun har qanday fikr qadrli. Men hammani eşitişga tayyorman. Xudo körib turibdi, niyatim bir – terma jamoani JÇga olib çiqiş”, - dedi milliy terma jamoa boş murabbiyi. 

“Menga işonç bildirildimi, uni oqlaş uçun borimni berib işlayman, zero bu Vatanimizning boş jamoasi!”, - deya qöşimça qildi Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan

Samvel Babayan 23 iyun kuni Mirjalol Qosimovning örniga Özbekiston milliy terma jamoasiga boş murabbiy etib tayinlangan. Şundan söng u, terma jamoalar markazi xodimlari, özining ştabiga kirişi kutilayotgan murabbiy va mutaxassislar hamda jurnalistlar bilan uçraşuv ötkazgan edi.

Milliy terma jamoa murabbiylar ştabi tasdiqlangaç, Samvel Babayan terma jamoa boş murabbiyi sifatida matbuot anjumani ötkazadi.

Samvel Babayanning boş murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uçraşuvi, hozirça, 3 sentabr kuni Yamanga qarşi öyin bölişi kutilmoqda.

Özbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo çempionati saralaş bahslarini 16 iyunda Şimoliy Koreyaga qarşi 2:4 hisobidagi mağlubiyat bilan boşlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralaş guruhida 2 ta öyinda 6 oçko jamğargan Şimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peşqadamlik qilib turişibdi/