Joriy yilning kuzidan Facebook ijtimoiy tarmoği video işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar, misol uçun, NBA, Fox Sports va Funny or Die kabilarning roliklarida reklama joylaştirişni rejalaştirmoqda.
Buning uçun ijtimoiy tarmoqning tasmasiga Suggested Videos (“Taklif qilinadigan videolar”) bloki qöşiladi. Uşbu blok foydalanuvçi öz tasmasidagi videoga “layk” tugmasini bosganda yoki körayotganda paydo böladi. Taklif qilinadigan blokda reklama roliklari joylaştiriladi. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoq yangiliklar tasmasiga avtomatik işga tuşuvçi videoreklamani ham joylaştiradi.
Kontent işlab çiqaruvçilari reklamadan tuşgan foydadan bir qismini olişadi. Reklamadan tuşgan daromad şu tarzda (YouTube`dagi kabi) taqsimlanadi: 55 foiz – video muallifiga, 45 foiz – platformaga. Facebook reklamadan tuşgan foydani mualliflar orasida ham taqsimlab beradi. Masalan, agar reklama uçta muallifning videosida joylaştirilgan bölsa, unda ular orasidagi foyda har bir muallifning videosi neça marta tomoşa qilingani va unga qança vaqt ajratilganiga mos ravişda taqsimlanadi.
Facebook ijtimoiy tarmoqdagi video xizmatni 1,5 yildan beri rivojlantirib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoq taqdim qiliş algoritmida bir qança özgartirişlar amalga oşirdi (misol uçun, Facebook dagi video foydalanuvçilar tasmalarida köproq paydo böladi) va boşqa saytlardagi video uçun körinişni özgartirdi.






