Farğona viloyati Farğona tumani IIBga fermer xöjaligi dala maydonidan noma'lum şaxs tört boş qoramolini öğirlab ketganligi haqida xabar kelib tuşgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Voqea joyiga yetib kelgan içki işlar xodimlari tomonidan jabrlanuvçi hamda voqeaga guvoh bölgan kişilar bilan tezkor suriştiruv işlari olib borilib, gumonlanuvçi şaxsning alohida belgilari aniqlandi. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida uşbu jinoyatni mahalliy aholi vakiliga mansub 30 yoşli fuqaro sodir etganligi aniqlandi.
Ğaraz niyatli şaxs qölga olindi. Hozirda uning boşqa mulkiy jinoyatlarga aloqadorligini aniqlaş yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






