UYeFA «Mançester Siti»ga nisbatan qöyilgan barça çeklovlarni bekor qildi. Klub ötgan yilning yozida moliyaviy feyr pleyga amal qilmagani uçun jazolangan edi.

«Mançester Siti» tomonidan olib borilayotgan işlar UYeFA talablariga mos kelayotgani aytilgan. Şu tariqa "şaharliklar" endi qimmat narxga futbolçi sotib olişlari mumkin. Çeklov vaqtida «Mançester Siti» transferlar uçun faqat 49 million funt sarflaşi mumkin edi.

Boz ustiga klub Çempionlar ligasiga topşiriladigan röyxatni ham oşirişi mumkin. Bir yil muqaddam bu röyxat 21 futbolçi körinişida çeklangan edi.

Eslatib ötamiz, UYeFA 2 iyul kuni "PSJ" jamoasidan ham barça moliyaviy çeklovlarni soqit qilgandi.