Tungi odam bölişimiz yoki bölmasligimizdan qat'i nazar har birimiz sevimli yostiğimizga boş qöyişimiz bilan uyquga ketişni istaymiz. Uyqusizlik insonni ruhan çarçatadi, bundan taşqari yaxşi uyqu salomatlik garovidir.
Olimlar orasida qaysi mahsulot uyquni ta'minlab, qaysi biri uni qoçirişi töğrisida hali yakdil fikr yöq. Biroq qandaydir darajada uyquni çaqirişga yordamlaşadigan va aksinça, uni öğirlaydigan mahsulotlarning norasmiy röyxati tuzilgan. Bugun sizni xuddi öşa röyxat bilan taniştirmoqçimiz.
UYQU ÇAQIRUVÇI 10 TA ENG YaXŞI MAHSULOT
Olça

Olça tarkibida melatonin mavjud bölgan mevalardan biri. Bu modda organizmimizning içki soatlarini nazorat qilişga kömaklaşadi. Tadqiqodlarga köra, olçaning nordon şarbati içilsa, u surunkali uyqu buzilişi bilan oğrigan kattalarda uyquning davomiyligi va sifatini yaxşilaşga sabab böladi. Sayyohlar köpinça vaqt buzilişlari tufayli yuzaga keladigan uyqu buzilişidan xalos böliş maqsadida tarkibida melatonin mavjud bölgan dori-darmonlarni iste'mol qilişadi.
Sut
Bolaligimizda uxlay olmasak onamizning bir stakan issiq sut berişini yodimizda. Bu şunçaki oğizdan-oğizga ötib kelgan odat emas. Sut tarkibida serotonin (baxt gormoni) va melatonin (xotirjamlik gormoni)ni işlab çiqaruvçi aminokislota hamda triptofan mavjud.
Boyitilgan don bötqasi

Uglevodlar uyqu uçun ajoyib vosita, biroq uxlaşdan oldin peçene yeyiş yaxşi emas. Bir kiçik kosada tarkibida “yaxşi” va “murakkab” uglevodlar mavjud bölgan donli bötqa tanovul qilganingiz maqsadga muvofiq. Unga sut qöşsangiz ikki baravar kuçli uyqu çaqiruvçi aralaşma hosil böladi.
Jasminli guruç
Jasminli guruçida ham melatonin va serotonin işlab çiqaruvçi triptofan mavjud. Bunday guruçni uxlaşdan 4 soat oldin iste'mol qilsangiz, u asta-sekin qonga glyukoza yuboradi va bu jarayon uyquni tezlaştiradi.
Banan














