"Zenit"ning ukrainalik yarim himoyaçisi Anatoliy Timoşçuk öz futbolçilik faoliyatini Qozoğiston çempionatida davom ettiradigan böldi. U "Qayrat" jamoasi bilan 1,5 yillik şartnoma imzolagan. Bu haqda Sport.kz xabar berdi.
"Qozoğistonning eng yetakçi jamoalaridan biri bilan bitim imzolaganimdan xursandman. Menda bir qança yaxşi takliflar bölgandi, lekin men Olma-otada öynaşni tanladim. Bu şahar menga yoqadi. Qolaversa, bu şaharda futbol infrastrukturasi ham rivojlangan. Jamoa öz oldiga katta maqsadlar qöygan hamda men bu madsadlarning amalga oşirilişiga öz hissamni qöşmoqçiman", deb bu qarorini izohlaydi Timoşçuk.
Ma'lumot uçun, Timoşçuk dastlab "Şaxtyor" jamoasida özini körsatgan, 2007 yilda "Zenit"ga, 2009 yilda "Bavariya"ga ötgandi. 2013 yilda yana "Zenit"ga qaytgan uşbu futbolçi asosiy tarkibdan muqim örin olmagaç, piterliklar bilan şartnomasini uzaytirmadi.
36 yoşli uşbu futbolçi Ukraina terma jamoasida 140 marta maydonga tuşgan, "Zenit" bilan ikki marta Rossiya çempioni bölib, bir marta UYeFA Kubogini qölga kiritgan.






