Jahon futboli yulduzi Kriştianu Ronaldu yana bir mojaroning sababçisiga aylandi. Portugaliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumçisi matbuot-anjumani paytida uning jurnalistlar bilan suhbatiga aralaşgan matbuot xizmati xodimiga tanbeh berdi.

Matbuot xodimi Ronaldu öz klubdoşi Serxio Ramosning kelajagi va Angliya terma jamoasining sobiq yarimhimoyaçisi Stiven Jyerardning “Los-Anjyeles Gelaksi” klubidagi istiqbollari haqidagi savolga javob bermoqçi bölganda uning gapini böldi. Bundan jahli çiqqan futbolçi uşbu xodimga tanbeh berdi hamda şu tariqa uni noqulay holatga qöyişayotgandan şikoyat qildi.

“Siz bu odamlarga röyxöşlik bermasligimni istayapsizmi? Ha bunday qiliş sizning vazifangizga kiradi. Niyatingizga yetdingizmi, endi men ahmoqona körinmoqdaman”, deb aytdi Ronaldu matbuot-anjumani xodimiga.

Qayd etilişiça, futbolçi matbuot-anjumani xodimining gaplarini oxirigaça tinglab, uning körsatmasiga binoan jurnalistlar bilan suhbatlaşişni töxtatdi.