Professional boksda beş karra sobiq jahon çempioni Antonio Tarver super oğir vazn toifasining bugungi kun qiroli ukrainalik Vladimir Kliçko (64-3, 53 KO)ni ringga çorlayapti. Tarver ayni paytla 46 yoşda.
“Vladimir Kliçko bilan jang qiliş mening orzuim. U hozirda super oğir vazn toifasining eng kuçli boksçisi. Lekin men özaro jangimizda uni mağlub etib, örnini egallaşim mumkin. Biz Kliçko bilan bir davrda boksni boşlaganmiz. Bitta Olimpiadada iştirok etganmiz. Istalgan raqib bilan jang qilişim mumkinligi haqida avval ham aytganman. Roy Jonsni nokautga uçratdim. Demak, Kliçkoni ham yenga olaman”, - dedi Tarver.






