2015 yilning 6 iyul kuni erta tong 06:50 da Surxondaryo, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlari ziyoratçilaridan iborat guruhlar umra amallarini bajariş uçun Toşkent–Jidda yönalişi böylab Saudiya Arabistoniga jönab ketişdi. Ularga mavsum mobaynida özbekistonlik tajribali işçi guruh a'zolari, şifokorlar hamda mohir oşpazlar xizmat körsatadilar.
Ziyoratçilar Makkai mukarramada “Sofvat al-Miad” va Madinai munavvarada “Fayruziyat al-Xayr” mehmonxonalariga joylaşadilar. Ularga Saudiya Arabistoni Podşohligidagi bir neça yillik hamkorimiz “al-Hidoya” şirkati tomonidan xizmat körsatiladi.
Umra amalini bajariş uçun jönab ketgan yurtdoşlarimizni Jidda aeroportida kutib oliş va kuzatiş tadbirlari Haj va Umra masalalari böyiça attaşe Z.Abdullayev boşçiligida işçi guruh va “al-Hidoya” şirkati xodimlari bilan birgalikda amalga oşirilişi közda tutilgan.
Şuningdek, hamyurtlarimiz safar mobaynida Makka va Madina şaharlaridagi bir qança tarixiy joylarni ziyorat qilişga ham muyassar bölişadi.
Erta tongda 170 nafardan iborat ziyoratçi, işçi guruh, guruh rahbarlari, şifokorlar va oşpazlarni Saudiya Arabistoniga kuzatiş uçun Din işlari böyiça qömita va Özbekiston musulmonlari idorasi mas'ul xodimlari iştirok etişdi.






