Maqolada bir va undan katta yoşdagi bolalar haqida gap boradi. Yoşiga tölmagan çaqaloqlar uçun maxsus yondaşuv mavjud.

Bolalarni suvga örgatiş çoğida vanna hamda hovuzda nimalarni umuman qilmagan ma'qul?

Bolaning yuziga aslo puflamang (bolani suvga tuşişi oldidan yuziga puflaş borasida bir qança körsatmalar mavjud). Bu holat bolani çöçitadi, uni xafa qiladi. Qolaversa, puflaşning bolani suvga örgatiş borasida xeç qanday foydaga boğliq yeri yöq.

Bolaga zinhor suvga tuşiş oldidan “şönğiymiz!” deb aytmang. Heç qanday odatiy buyruqlarni bermang. Aniqroği, uni har safar suvga tuşirişdan avval söz va harakatlar orqali buyruqlarni işlatmang. Bola sizning buyruğingizga qarab nafasini saqlab turişi kerak emas. U xohlagan vaqtda suvga tuşganida boşi suv yuzasida bölişini tuşinişi kerak. Bola suvga tuşayotgan vaqtda nafasini saqlab turişi lozim. Yuziga suv saçraganda ham xuddi şunday.

Suvga tez-tez şönğişi kerak va u tez orada suzişni örganib oladi. Albatta, jarayon hammaga birdek ta'sir etmaydi. Ammo ertami keçmi nafasni qança vaqt uşlab turişni özi bilib oladi. Qayta örgatgandan köra, örgatmagan ma'qul, albatta.

Bolani suvda aslo orqasiga yotqizmang. Bu örganiş jarayoni uçun öta noqulay bölgan holat. Köpçilik suzişni örgatuvçi instruktorlar uşbu holatni tavsiya etadilar. Ammo deyarli barça bolalar uni yomon köradilar. Bu vaziyat himoyasiz hamda bola uçun noqulaydir. Şu bilan birga xavfli hamdir. Şuningdek, bolani ança suv yutib yuborişiga sabab bölişi mumkin. Suzişni örgatişda orqaga yotib örgatişdan köra tananing old tomoni bilan suvga yotgan holatda örganiş 100 marotaba foydaliroqdir. Hamma bolalar avval suv ostida suzişni örganadilar. Keyinçalik esa nafas oliş uçun boşlarini kötarişni örganib oladilar. Şunçaki ota-onalar boşlanişida bolaga nafas olişga kömaklaşadilar.

Qöşimça suziş vositalari (qutqaruv halqasi, nimça va qöl uçun möljallangan havo vositasi) kabilarning mutlaqo keragi yöq. Bu bolani özi suza olişi mumkinligiga işonçini yöqotadi. Qöşimça vositalarsiz özi suvda suza olmasligini ongida şakllantiradi.

Bolaga burun kataklarini barmoqlari bilan berkitişni örgatmang. Suv burun kataklariga kirgan taqdirda ham bu juda oz miqdorda böladi. Bola esa boşidanoq özi bu kabi noqulayliklarni yengib, suvdan şönğib çiqişni örganib olişi lozim.

Nimalar qilmagan ma'qul?