Germaniya kansleri Angela Merkelning fikriça, referendum ötkazgan Gretsiyaga yangi yordam paketi taqdim qilişga heç qanday asos yöq.
“Gretsiya fuqarolarining qarorlarini hisobga olgan holda ayni paytda yangi yordam dasturi haqida muzokaralarni boşlaşga heç qanday asos mavjud emas”, deb aytdi Germaniya hukumati vakili Şteffen Zaybert.
Zaybertning fikriça, bunga greklarning özlari aybdorlar, çunki ular kreditorlar taklif qilgan islohotlarni ötkazişdan boş tortdilar va şu tariqa Yevropa yordamining asosiy tamoyiliga qarşi ekanliklarini bildirdilar, şuning uçun ular yordam olişga noloyiqlar.
Biroq greklar köp yillardan beri inqirozdan çiqişga heç qanday kömak bermayotgan Xalqaro valyuta jamğarmasining barça tavsiyalarini sözsiz bajarib kelganlarini Germaniya hukumati muhokama qilişni lozim topmayapti.






