2017 yil oxiriga qadar Özbekiston töliq raqamli televideniyega ötadi. Bu haqda Özbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda Infocom.uz naşri yozmoqda.
2006 yili Jyenevadagi yer usti raqamli uzatiş böyiça radioaloqa mintaqaviy konferensiyasi doirasida Özbekiston raqamli televediniyega bosqiçma-bosqiç ötiş töğrisidagi şartnomani imzolagan edi. Raqamli televideniye mamlakatda 2008 yildan joriy qilina boşlandi.
Bu jarayon Özbekiston prezidentining 2012 yil 17 aprelidagi “Özbekiston Respublikasida raqamli teleuzatişga texnik va texnologik ötiş böyiça davlat dasturi töğrisida”gi qaroriga köra amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatda DVB-T standartidagi 22 dona raqamli televedeniye uzatkiç örnatilgan. Ular Özbekiston aholisining 54 foizini raqamli televideniye xizmatlari bilan ta'minlab kelmoqda.
2015 yili hukumat tomonidan “Özbekiston Respublikasi yer usti raqamli uzatiş tarmoğini rivojlantiriş” investitsion loyihasi tasdiqlandi. U Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining mahalliy banklar bilan konsorsiumida amalga oşiriladi. Loyiha qiymati 73.63 mln dollarni taşkil qiladi.
Birinçi bosqiçda (2015-2016) viloyat markazlari va aholi köp hududlarda 90ta yuqori quvvatli raqamli teleuzatkiçlar örnatiş közda tutilgan. Ularning yordamida aholining 98 foizi raqamli televideniye bilan ta'minlanadi.
Ikkinçi bosqiçda (2016-2017) uzoq va aholi kam hududlarda 404 kam quvvatli uzatkiçlar örnatiladi. Bunda sun'iy yöldoş xizmatlariga murojaat qilinadi. Ikkinçi bosqiçning yakunlanişi natijasida aholining 100 foizi raqamli televideniye bilan ta'minlanadi.