Özbekiston aloqa operatori Beeline VimpelCom Ltd. Beeline brendi dunyoning eng yaxşi 100 telekommunikatsion brendlari röyxatiga kirgani va 2,6 mlrd AQŞ dollari miqdorida (kutilgan savdolar asosida) baholangani haqida xabar beradi. Brand Finance brendlarga baho beriş böyiça eng yirik konsalting kompaniyasining talqiniga köra “2015 yilning 500 ta eng yaxşi telekommunikatsion kompaniyalari” bahosi böyiça ma'lumotlar çop etilgan.  

Mazkur yilning hisobotida dunyodagi 900ga yaqin aloqa operatorlari örganib çiqilgan. VimpelCom Ltd. Beeline (Rossiya), Djezzy (Jazoir), Mobilink (Pokiston), WIND (Italiya) va Kievstar (Ukraina) brendlari dunyoning eng yaxşi 250 telekommunikatsion brendlari röyxatiga kirgan. Brand Finance talqiniga köra “2015 yilning 500ta eng yaxşi telekommunikatsion kompaniyalari” hisobotida brendning raqobatlarga nisbatan kuç, xatar va brend imkoniyatlari körsatgiçlari keltirilgan. Hisobotni tört yirik audit kompaniyalar (Deloitte, KPMG, EY va PwC), şuningdek nazorat organlari, şu bilan birga Birlaşiş va sotib oliş böyiça Buyuk Britaniya komissiyasi taqriz qilgan.

Eslatib ötamiz, Beeline brendi Özbekistonda ham köp marotaba mukofotlar bilan taqdirlangan. 2011 yilda www.brandnews.uz saytidagi onlayn-ovoz beriş natijalari böyiça “Yilning eng yaxşi brendi” deb tan olingan, 2012 yilda esa Uzbekistan Brand Awards nufuzli mukofotining “Yilning xalq brendi” va “Özbekiston bozoridagi eng yaxşi xalqaro brend” nomli ikki nominatsiyasida ğoliblikni qölga kiritgan.

Brand Finance — brendlarga baho beriş böyiça eng yirik jahon konsalting kompaniyasi. 1996 yilda taşkil topgan Brand Finance kompaniyasi brendlarga baho beriş va umumiy bahosi milliardlab dollarga teng bölgan nomoddiy aktivlar sohasida minglab loyihalarni amalga oşirgan. Tafsilotlar http://www.brandfinance.com saytida.