Toşkent viloyatining Böka tumanida olib borilgan tadbirlar davomida bir qança yaşirin sexlar foş qilinib, ularning noqonuniy faoliyatlariga barham berildi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.
Jumladan, fuqaro M. Samatova qölbola usulda yasalgan moyjuvozda çigitdan yoğ çiqarib sotayotgani ma'lum böldi. Hovlidan çigit va pistadan olingan yoğ aniqlandi. M. Samatova bu yoğni qadoqlab, soxta yorliqlar yopiştirib sotgan. tadbir davomida uning xonadonidan 13.92 mln sömlik 448 dona 5 l li idişga qadoqlangan va 26 l qadoqlanmagan yoğ topildi.
Şuningdek, I. Mamirov va M. Yahyoyevlarning uyida çigitdan yoğ oladigan yaşirin sex borligi aniqlandi. Ularning xonadonidan moyjuvoz, 80 l yoğ va boşqa asbob-uskunalar topildi.
Fuqaro K. Soliyevning xonadonidan 5 750 dona qölbola usulda tayyorlangan xöjalik sovuni, 3 200 kg xomaşyo, işlab çiqarişda foydalanilgan uskuna topildi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan kerakli çoralar körildi.






