Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlarning tegişli organlari öz vaqtida razvedka ma'lumotlari bilan almaşib, terrorçi guruhlarga qarşi birgalikda kuraşiş uçun işçi guruhlar taşkil qilib bormoqda. Bu haqda ŞHT mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qömitasi direktori Çjan Sinfen bayonot berdi.
“Xususan, terrorçilikka qarşi internetda kuraşiş uçun struktura alohida hamkorlik mexanizmini yaratdi: ekspertlarning qöşma işçi guruhlari taşkil qilindi, internet nazorati kuçaytirildi, internetda terrorçilar tomonidan joylaştirilayotgan suratlar, audio va videotasvirlar nazorati amalga oşirilmoqda”, – uning sözlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Ayni paytda struktura tarkibiga Rossiya, Qozoğiston, Xitoy, Tojikiston, Özbekiston va Qirğiziston kiradi.