"Atletiko" jamoasining belgiyalik himoyaçisi Tobias Alderveyreld rasman "Tottenhem" a'zosiga aylandi. Bu haqda "şporlar" jamoasining rasmiy saytida xabar qilindi.

Londonliklar uşbu futbolçi bilan 5 yillik şartnoma imzolaşgan.

Biroz oldinroq, uşbu transfer qiymati 16 mln yevroni taşkil qilişi aytilgandi.

Ötgan mavsumni "Sautgempton"da ijara asosida ötkazgan futbolçi sautgemptonliklar tomonidan 6,8 mln funt evaziga sotib olinişi ham mumkin bölgan. Bu band bekor qilinişi uçun "Atletiko" inglizlarga 1,5 mln funt tovon puli tölagan.

U öz tvitterida "Sautgempton" jamoasi muxlislari bilan xayrlaşgan hamda ularga öz minnatdorçiligini izhor qilgan.