ŞHTning Ufa sammiti çoğida 10 iyul kuni Özbekiston prezidenti öz çiqişida Afğonistondagi beqarorlikning boşqa mintaqalarga köçişi va ekstremistik faoliyatning kengayişi mumkinligini aytib ötdi.
Uning sözlariga qaraganda, Afğonistonda hosil bölgan vakuum qisqa muddatda turli radikal kuçlar bilan tölişi va “Iroq ssenariy”ga köçişi mumkin.
“Vakuum şaroitida IŞID paydo böldi. Köplar IŞID haqida gapiradi, lekin, afsuski, IŞID şakllangan ildizlarni köplar topa olgani yöq”, – ta'kidlab ötdi Özbekiston yetakçisi.
IŞID haqida gapirar ekan, Islom Karimov BMTga uşbu taşkilotni örganuvçi komissiya tuzişni taklif qildi:
“Agar bu mavzuni yanada rivojlantirsak, menimça, BMT qoşida qandaydir maxsus komissiya yaratiş xalaqit bermagan bölardi. Fikrimça, bu komissiya biror taklif bildirişi va uni muhokamaga qöyişi, bu borada yagona fikrni şakllantirişi mumkin bölar edi. IŞID nima, unga qanday qaraş, unga qarşi qanday kuraşiş kabi masalalarda yagona fikr bölar edi”.
“Islom fanatizmi va xalqaro terrorizm haqida, va faqat musulmonlar terrorçi böla oladi, kabi gaplar qança kam gapirilsa, buning ayrim belgilarini Yevropada körayapmiz, şunçalik musulmon dunyosining eng fanatik qanotiga aloqador odamlar bilan şunçalik tez til topişamiz va yagona fikrga kelamiz... An'anaviy islomni qöllab-quvvatlab, fanatizmdan voz keçiş kerak, va BMT bu yönalişni e'lon qilişi lozim. Islom – xalqaro din. Islomga qarşi kuraşişni nonsens deb hisoblayman... Bunga jiddiy e'tibor qaratiş kerak. Afsuski, hozirça biz bu masalada olğa siljiy olmadik”, – xulosa qildi Islom Karimov.