Gretsiyaga körsatiladigan yangi kömak paketiga muvofiq, Yevropa barqarorlik mexanizmi va Xalqaro valyuta jamğarmasi mamlakatga 74 mlrd yevro ajratişni rejalaştirmoqda, deb xabar bermoqda “Novosti” axborot agentligi.

Yevropa barqarorlik mexanizmi Gretsiyaga 58 mlrd yevro ajratişi mumkin. Öz navbatida XVJ unga qöşilib, 16 mlrd yevro ajratişni rejalaştirmoqda.

Avvalroq Gretsiya bank tizimini saqlab qoliş uçun 14 mlrd yevrogaça qiymatdagi mablağ talab qilinişi mumkinligi ma'lum qilingandi.