«Topkapi Saray» (Turkiya, Istanbulda joylaşgan) — «Töpqopi saroyi» yoki «töp(zambarak)li darvoza» deb tarjima qiliş mumkin.


Saroyning bunday nomlanişining sababi bor, albatta. Çunki sultonning saroyga kiriş va çiqiş vaqtida har doim zabarak otilgan. Şuningdek, aynan şu yerda Vizantiya saltanati darvozasi joylaşgan, degan qaraşlar ham mavjud.


Mazkur muxtaşam saroy 1924 yildan muzeyga aylantirilgan. Bir neça yuz yillar ovröpa uslubidagi “Dölmaboğça” saroyi qurilguniga qadar sultonlik qarorgohi vazifasini ötagan.



Töpqopi muzeyi pavilonlarida payğabarimiz Muhammad (s.a.v) ga tegişli muqaddas esdaliklar (oltin şamşir, kamon, qahrabodan işlangan muhr, kumuş taxtiravon, tabarruk soqol tolasi, oyoq izlari) millionlab odamlarning qizqişlarini uyğotib keladi.

Sultonlar har yili ramazon oyida Muhammad (s.a.v) ning muqaddas buyumlari saqlanadigan joyni ziyorat qilişgan.

Bu nodir aşyolarni sulton Salim I 1517 yili Misrni fatx qilgan çoğda olib kelgan.

Bundan taşqari “Töpqopi saroyi”da yana köplab qimmatbaho osori-atiqalar ham joy olgan. Ular orasida Abu Bakr (r.a), Umar, Usmon va Ali (r.a), şuningdek, muqaddas Ka'ba darvozasi kalitlari ham mavjud.

Manba: Muxlis.uz