Serbiya boş vaziri Aleksandar Vuçiç Srebrenitsa şahrida bu yerda yuz bergan ommaviy qotilliklarning 20 yilligiga bağişlangan tadbirda iştirok etayotganda toşböron qilindi, deb xabar bermoqdalar mahalliy OAVlar.

Namoyişçilar Vuçiçga toş va şişa idişlar uloqtirişdi. Uloqtirilgan toşlardan biri boş vazirning boşiga tegib, közoynagini sindirdi.

Noxuş voqea Vuçiç Srebrenitsadagi ommaviy qotilliklar qurbonlari yodgorligiga gulçambar qöyayotganda yuz berdi.

Politsiya hujum qilganlarni qölga oldi, serb delegatsiyasi evakuatsiya qilindi.

1995 yil 11 iyulda Serb Respublikasi qöşinlari Niderlandiya tinçlikparvar kuçlarining beparvoligidan foydalanib, bosniyalik musulmonlar joylaşgan anklav (biror davlatning boşqa davlatlar bilan töliq örab olingan qismi) Srebrenitsani bosib olişdi. Şundan keyin bu yerdagi bosniyaliklar serbiyalik qöşinlar tomonidan etnik qirğinlar va deportatsiyalarga uçradilar. 2007 yilda bu xunrezliklar BMT tomonidan genotsid deb topildi.