Kickstarter kraudfanding maydonçasida smartfonlarga möljallangan siyohsiz mini-printerlar loyihasi paydo böldi.
Uskuna droPrinter nomini oldi. U rasmlar, fotosuratlar, eslatmalar, çeklar, QR-kodlarni çiqarib berişi mumkin. Buning uçun printer siyoh emas, balki termonaşr usulidan va maxsus qoğozdan foydalanadi. Bunday usul kassa apparatlarida qöllanadi. Uskuna kutiş rejimida 120 soat va töxtovsiz naşr holatida 7 soat işlaşi mumkin.
Portativ printer smartfonga Bluetooth orqali ulanadi. U iOS va Android operativ dasturlari negizidagi smartfonlarga möljallangan.