Joriy yilda Microsoft Lumia smartfonlari qatori Windows 10 Mobile operatsion tizimida işlovçi uzoq kutilgan Lumia 940 va Lumia 940 XL flagman modellari bilan töldirilişi kutilmoqda. Bu smartfonlar odatdagidek metall korpuslarda işlab çiqarilmaydi. Işlab çiqaruçi metall örniga polikarbonatdan foydalanadi, biroq bu yangi qurilmalar Android va iOS platformalaridagi raqobatçilarinikidan arzonroq böladi, deganini bildirmaydi. Aksinça, Lumia 940 va Lumia 940 XL smartfonlari Samsung Galaxy S6 va Apple iPhone 6 dan qimmatroq bölişi aytilmoqda.

Uşbu qurilmalarning qimmatligi avvalambor ularda közning rangdor pardasi skaneri va 20 Mp li uçta vspişkaga ega PureView ilğor orqa kameraning qöllanişi bilan tuşuntirilmoqda. Skaner foydalanuvçini identifikatsiya qiliş uçun an'anaviy barmoq izlari sensori örniga xizmat qiladi.

Ikkala modeldagi asosiy farqlar ularning displeylarining ölçami va körsatiş qobiliyati hamda çiplaridagi farqdan iborat: Lumia 940 da displey 5,2 dyuym ölçamga va 1920 × 1080 piksel körsatiş qobiliyatiga ega hamda Qualcomm Snapdragon 808 protsessori qöllangan, Lumia 940 XL displeyi esa 5,7 dyuym ölçamga va 2560 × 1440 piksel körsatiş qobiliyatiga ega hamda unda Qualcomm Snapdragon 810 protsessori örnatiladi. Qolgan jihatlar böyiça smartfonlar bir xil körsatkiçlar: 3 Gb tezkor xotira, 32 Gb doimiy xotira va microSD slotiga ega. Ma'lum qilinişiça, qurilmalar Continuum funksiyasi – taşqi monitorga ulaniş uçun maxsus adapterni qöllab-quvvatlaydi va ular 2016 yilning boşida 100 dollar narxda sotuvga çiqarilişi rejalaştirilmoqda. Smartfonlarning özi esa noyabrdan sotuvga çiqarilişi aytilmoqda.