17-19 iyul kunlari Toşkentda Devis Kubogi ikkinçi raundining Osiyo va Okeaniya mintaqasi birinçi guruhi doirasida Özbekiston va Koreya terma jamoalari örtasidagi bahslar bölib ötadi.
Özbekiston tennis fedaratsiyasining xabar qilişiça, ğolib jamoa Jahon ligasiga çiqiş öyinida iştirok etiş huquqini qölga kiritadi.
Xalqaro jamoa turniri doirasida Özbekiston va Koreya beş marta uçraşgan. Özbekiston 4:1 hisobi bilan oldinda bormoqda. Oxirgi bahs 2010 yili Koreya kortlarida ötkazilgan bölib, unda özbekistonlik sportçilar 3:2 hisobida ğalaba qozongan edi.
Uşbu mavsumda Özbekiston termasi birinçi turni ötkazib yubordi. Koreyalik tennisçilar esa Tailandda mehmon bölib, mahalliy jamoani 3:2 hisobida mağlubiyatga uçratişdi.
Qur'a taşlaş marosimi 16 iyul kuni bölib ötadi. Öyinlar Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ötkaziladi.






