BlackBerry kompaniyasining Moskvadagi ofisi özini oqlamaydigan deb topilib, vaqtinçalik işini töxtatdi.
Bu qarorning rasmiy sabablari oşkor etilmadi. Kompaniyaning Rossiya bozoridan çiqib ketişi haqidagi gaplar joriy yilning bahoridayoq tarqagan edi. Öşanda kompaniyaning hamkorlari bölgan yirik uyali operatorlar Blackberry Enterprise Service'ga yangi abonentlarning ulanişi töxtatilganini ma'lum qilgan edi. Şunga qaramay, joriy yilning martida kompaniya Rossiyada bir qator yangi loyihalarni amalga oşirdi.
BlackBerry kompaniyasidagi umumiy vaziyat ham barqaror emas. Kompaniya direktori Jon Çen brend sotilmasligi va smartfonlar bozoridan çiqib ketmasligini köp bora takrorlagan bölişiga qaramay, kompaniya xarajatlarni qisqartiriş uçun turli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda. Rossiyadagi vakolatxonaning yopilişi ham özini oqlamaydigan xarajatlarni qisqartiriş bilan boğliq bölişi mumkinligi aytilmoqda.
BlackBerry Rossiyadagi vakolatxonasini yopdi
21:21 / 15.07.20153 0111 min






