14 iyul kuni "Mançester Siti"ning yangi a'zosi sifatida taniştirilgan Rahim Sterling özini futbolçi sifatida tarbiyalagan KPR jamoasiga 9,8 mln funt daromad keltirdi.
"Mançester Siti" bu 20 yoşli futbolçini "Liverpul"dan 49 mln funt evaziga transfer qildi. Sterling 5 yil oldin KPR akademiyasidan "Liverpul"ga 500 ming funt evaziga olib kelingan va uning şartnomasida bu futbolçi boşqa jamoaga transfer qilinganida, bu transfer summasining 20 foizi KPR hisobiga kelib tuşişi haqida band belgilangan edi.
Şu tariqa, "şaharliklar" u uçun tölaydigan 49 mln funtning 20 foizi, ya'ni 9,8 mln funt Londonning KPR jamoasiga ötadi.






